Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16491 marta o'qildi

Jismoniy va yuridik shaxslar avtotransport vositalari uchun harf va raqamlar kombinatsiyasini (“buyurtma raqam”) tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqamini olishlari mumkin.

  • Buning uchun avtotransport vositasining egasi doimiy yashash joyidagi hududiy YHXDX organiga harf va raqamlar kombinatsiyasini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat etishi kerak.

Murojaat 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Murojaatda ko‘rsatilgan harf va raqamlar kombinatsiyalari mavjud bo‘lsa, u zahiraga olib qo‘yiladi va bu haqida murojaat etuvchiga xabar beriladi.

  • Murojaat etuvchi 3 ish kuni ichida BHMning 150 baravarida to‘lov to‘liq to‘laganligi haqidagi hujjatni taqdim etishi zarur.
  • Shundan so‘ng hududiy YHXDX organi bir oy muddatda tanlangan harf va raqamlar kombinatsiyasini murojaat etuvchiga taqdim qiladi.
  • Mazkur davlat raqami taqdim etilgunga qadar avtotransport vositasi vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami bilan boshqarib turiladi.

Xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan oshirilgan stavka bo‘yicha RO‘DRB berilgungacha avtotransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda ilgari berilgan (ilgari foydalanishda bo‘lgan) RO‘DRB beriladi avtotransport vositasi egasidan yoki uning vakilidan ilgari berilgan (ilgari foydalanilgan) RO‘DRBni berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Chat