Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 2383 marta o'qildi

Transport vositalaridan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’ektidir.

Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi
  1. eng katta konstruktiv tezligi soatiga 20 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
  2. tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo‘lgan dvigatelь yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, engil avtomobillar, boshqa transport vositalari bundan mustasno;
  4. chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urta qilingan bo‘lsa;
  5. egalarining fuqarolik javobgarligi qonunga muvofiq boshqa shaxs tomonidan sug‘urta qilingan transport vositalari.

 

Quyidagilar oqibatida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi
  1. majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilmagan transport vositasidan foydalanishda zarar etkazish;
  2. ma’naviy etkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyatning yuzaga kelishi;
  3. transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o‘quv haydovi davomida foydalanishda zarar etkazilganligi;
  4. atrof muhitning ifloslanishi;
  5. tashilayotgan yuk ta’sirida zarar etkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sug‘urta qilinishi kerak bo‘lsa;
  6. xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilishi, agar bu zararning majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lsa;
  7. xodimga zarar etkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash bo‘yicha majburiyati;
  8. yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ziyon etkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning o‘rnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati;
  9. haydovchining o‘zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o‘rnatilgan asbob-uskunalarga zarar etkazilganligi;
  10. yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi bo‘lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanganida zarar etkazilganligi;
  11. nodir va boshqa noyob buyumlar, me’moriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlar, san’at asarlari, qo‘lyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog‘ozlar, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast etkazilganligi yoki ularning yo‘q qilinganligi;
  12. jabrlanuvchilarning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilgan xatti-harakatlari natijasida etkazilgan zarar.

Sug‘urta qilish mazkur faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan maxsus yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Majburiy sug‘urta shartnomasi quyidagicha tuziladi:
  • 1 yil muddatga;
  • transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish joyiga borish muddatiga (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va shu kabilar);
  • transport vositasidan mavsumiy foydalanish, biroq kalendarь yilda olti oydan kam bo‘lmagan muddatga.

Sug‘urta tashkiloti transport vositasi egasining o‘zi tomonidan tanlanadi


Prezidentning «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 291-moddasiga o‘zgartirishi kiritish taklifi berilgan edi. Senat o‘zgartishni ma’qulladi.

Unga ko‘ra, qonun kuchga kirgach, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish (jarima maydonchasiga qo‘yish) tartibi bekor qilinadi.

Chat