Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 25579 marta o'qildi

Yuridik va jismoniy shaxslar chet el fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnoma bilan murojaat qilishlari mumkin.

Yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
  • tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi viza talabnomasi;
  • evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa; 
  • taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari;
  • tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va h.k.);
  • tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari;
  • tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi;
  • viza Toshkent aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari;
  • taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.

Yuridik shaxslarning Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari - 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
  • viza talabnomasi;
  • evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
  • taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari;
  • ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli;
  • qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa);
  • viza Toshkent  aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari.

Jismoniy shaxslarning Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari - 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizalari toifalarining ro‘yxati.

Batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o‘ting.

Chat