Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7584 marta o'qildi

Asosiy tushunchalar:

yo‘lovchi – tashish xizmatidan foydalanuvchi shaxs;

tashuvchi - mulk huquqida transport vositalariga ega bo‘lgan, yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tadbirkor;

yo‘nalishsiz taksi - taksometr ko‘rsatkichiga ko‘ra yo‘lovchilar talabiga binoan haq evaziga xizmat ko‘rsatadigan transport vositasi;

yo‘nalishli taksi (marshrutka) - doimiy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasi (mikroavtobus va boshqalar);

avtovokzal - yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilot;

metro - yo‘lovchilarni elektr poezdlarda tashish uchun mo‘ljallangan er osti va er usti inshootlari tizimi.

Yo‘lovchining huquqlari
  • transportning har qanday turidan foydalanish;
  • bekatlardan foydalanish;
  • 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bepul olib yurish;
  • vazni 20 kg.gacha bo‘lgan qo‘l yukini bepul olib yurish;
  • haq evaziga bagaj olib yurish;
  • dispetcherlardan yo‘lovchi transporti to‘g‘risida axborot olish.

Yo‘lovchining majburiyatlari
  • tashish qoidalariga rioya etishga;
  • yo‘l haqini to‘lashga, chiptani manzilga etgungacha saqlash va nazoratchiga ko‘rsatishga;
  • imtiyoz beruvchi hujjatni ko‘rsatishga;
  • transportdan foydalanganda tozalikka rioya etish va mol-mulkni ehtiyot qilishga.

Yo‘lovchi tez yonuvchan, portlovchi, zaharli moddalarni, shuningdek o‘qotar qurol va tig‘li ashyolarni olib yurishi man etiladi.

Tashuvchi – mulk huquqi asosida avtotransportga ega bo‘lgan, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkor.

Tashuvchining vazifalari
  • fuqarolarning ehtiyojini qondirish;
  • yo‘lovchi transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
  • xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
  • yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash.

Tashuvchining majburiyati
  • faoliyatni litsenziya asosida olib borish;
  • tashish qoidalariga rioya etish;
  • yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
  • yong‘in xavfsizligi, sanitariya va ekologiya talablarini bajarish;
  • fuqarolarning ayrim toifalarini imtiyozli tashish.

Tashuvchi o‘zboshimchalik bilan yo‘nalishdan chetga chiqishi, harakat jadvalini buzishi va yo‘lovchilarga ortiqcha talab qo‘yishi man etiladi.

Avtobus (yo‘nalishli taksi) haydovchilari yo‘lovchi tashiyotganda, quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
  • yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnoma;
  • litsenziya kartochkasi;
  • yo‘nalish hujjatlari;
  • yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasi;
  • avtotransportning texnik ko‘rikdan va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlar;
  • qatnov jadvali va yo‘nalish sxemasi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari
  • tariflarni belgilash;
  • bekatlar va dispetcherlik punktlarini joylashtirish, qurish va obodonlashtirish;
  • yo‘lovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish.

Avtotransportning jo‘nashi (etib kelishi) kechikkanligi uchun yo‘lovchiga to‘lanadigan jarima
  • kechikkanlikning birinchi to‘liq soati uchun (60 daqiqa) chipta bahosining 10 foizi miqdorida;
  • keyingi har bir 15 daqiqa uchun chipta bahosining 3 foizi miqdorida hisoblanadi.

Jarima umumiy summasi chipta bahosining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Avtobusda yo‘lovchi uchun taqiqlangan holatlar
  • mast holda yurish;
  • alkogolь va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
  • haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
  • oynadan tashqariga osilish;
  • o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 smdan katta yoki og‘irligi 60 kgdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 smdan ortiq buyumlarni olib yurish;
  • salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlarlarni olib yurish;
  • tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish.

Tashuvchiga e’tirozlar 6 oy ichida, jarimalar to‘lash to‘g‘risida esa 45 kun ichida berilishi mumkin.

Ko‘rsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi:
  • bagajning buzilganligi, shikastlanganligi yoki kamomadi uchun to‘lovlar to‘g‘risida – bagaj berilgan kundan;
  • bagaj yo‘qolganligi uchun zararni qoplash to‘g‘risida – bagaj etkazib berilgan muddatlar tugagandan 10 kundan keyin;
  • qolgan barcha holatlarda – e’tiroz bildirish uchun asos bo‘ladigan voqealar sodir bo‘lgan kundan.

Chat