Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga quyidagi nafaqalardan biri to‘lanishi mumkin:
Bunda turli nafaqalarni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ushbu nafaqalarning faqat bittasi to‘lanadi.
Yoshga doir nafaqa ish staji bo‘lmagan yoki pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa: Yoshga doir nafaqa shaxsga uning mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi. Nafaqa yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlarining yoki qarindoshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin. Moddiy nochorlikni aniqlash uchun Pensiya jamg‘armasi va mahalla yig‘ini tekishirish o‘tkazadi. Nafaqa tayinlash uchun yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga quyidagi hujjatlar topshiriladi: Ariza 10 kunda ko‘rib chiqilib, nafaqa tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish haqida qaror qabul qilinishi lozim. Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sudga shikoyat qilish tartibi bilan tanishish uchun havolaga o‘ting. Nafaqalarni to‘lash har oyda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi. Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 440 000 so‘m. Nafaqa to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi: Nafaqa tayinlangandan keyin, nafaqa oluvchi shaxsning haq to‘lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega ekanligi nafaqani to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi.
Nafaqani olish uchun yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasiga ariza topshirish lozim. Ariza berilganda Pensiya jamg‘armasi nogironlik darajasini aniqlash uchun TMEKka yo‘llanma beradi. TMEK nogironlik darajasi bo‘yicha xulosa qabul qilgandan keyin 7 kunda Pensiya jamg‘armasiga xulosani yuboradi. Mazkur xulosa asosida Pensiya jamg‘armasi nafaqa to‘lash yoki nafaqa to‘lashni rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi. Nafaqa to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi: davlat pensiyasi turlaridan biri tayinlanganda; Nafaqa tayinlangandan keyin, nafaqa oluvchi shaxsning haq to‘lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega ekanligi nafaqani to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi.
nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan chiqib ketganda;
nafaqa tayinlangan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda;
ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan taqdirda.
Mazkur holatlar tugaganda nafaqa to‘lash davom ettiriladi.
Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar. Davlat pensiyasini olish tartibi bilan tanishish uchun havolaga o‘ting. Quyidagilar oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari hisoblanadilar: Nafaqa summasi vafot etgan shaxs olgan nafaqa miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bunda nafaqa quyidagi miqdorlarda tayinlanadi: Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Agar oila a’zosi talab qilsa uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi. Boquvchisini yo‘qotganlik uchun tayinlanadigan nafaqani olish uchun Pensiya jamg‘armasiga quyidagi hujjatlarni topshirish kerak: Ariza 10 kunda ko‘rib chiqilib, nafaqa tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish haqida qaror qabul qilinishi lozim. Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sudga shikoyat qilish tartibi bilan tanishish uchun havolaga o‘ting. Nafaqa to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi: davlat pensiyasi turlaridan biri tayinlanganda; Nafaqa tayinlangandan keyin, nafaqa oluvchi shaxsning haq to‘lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega ekanligi nafaqani to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi.
nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan chiqib ketganda;
nafaqa tayinlangan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda;
ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan taqdirda.
Mazkur holatlar tugaganda nafaqa to‘lash davom ettiriladi.
Hayotiy misol:Savol: M. ismli shaxs jami 3 yillik ish stajiga egaligi va hozirda 60 yoshga to‘lganligi, shunday holatda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega yoki ega emasligi haqida tushuntirish berishni so‘radi.
Javob: Ma’lumki, ish stajiga ega bo‘lmagan yoki kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Bunday shaxslarga nisbatan yoshga doir nafaqa tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa erkaklarga – 65 yoshga etganlarida; ayollarga – 60 yoshga etganlarida; bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga – 55 yoshga etganlarida tayinlanadi.