Aholi punktidagi bino va inshootlarning mulkdorlari, ulardan foydalanuvchilar, shu jumladan ijaraga oluvchilar, o‘zlariga biriktirilgan hududda obodonlashtirish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Biriktiriladigan hududning chegarasi va maydoni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi. Bunda biriktirilgan hudud maydoni tegishli bino yoki inshoot joylashgan er uchastkasi maydonidan katta bo‘lishi mumkin emas.
Obodonlashtirish ishlari shaharsozlik normalari, sanitariya talablari hamda shaharlar va boshqa aholi punktlarining tashqi ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bajariladi.
Biriktirilgan hududni saqlash doirasida, hududning xususiyatidan kelib chiqib:
Biriktirilgan hudud mulkdorga qo‘shimcha er uchastkasi sifatida berilmaydi va unga mazkur hududni o‘zboshimchalik bilan egallash yoki qurilish qilish huquqini bermaydi.
Shahar ko‘chalarini qurish yoki rekonstruktsiya qilish loyihalarida tutash hududlarni kompleks obodonlashtirish choralari nazarda tutilishi kerak. Ularga:
Er osti muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari yo‘l hamda obodonlashtirish ishlari bilan muvofiqlashtirilgan grafiklar asosida amalga oshiriladi.
Yangi qurilgan, rekonstruktsiya qilingan yoki kapital ta’mirlangan bino va inshootlarni tutash hududi obodonlashtirilmasdan foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.