Sudьyalar malaka hay’atlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan 323-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Sudьyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida"gi nizom bilan tartibga solinadi
Sudьyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.
Sudьyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudьyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudьyalarining konferentsiyalarida besh yil muddatga saylanadi.
Sudьyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
Sudьyalarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Sudьyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun.
Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudьyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.
Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudьya ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.
Sudьyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.