Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4763 marta o'qildi

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash davlat tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobidan istalgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardan tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotib olish imkoniyatini taqdim etuvchi sertifikat orqali amalga oshiriladi.

Muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining (TIEK) yoki Tibbiy-maslahat komissiyasining (TMK) muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi asosida beriladi.

Bunda tibbiy xulosalar muhtoj shaxslarning doimiy yashash joyi bo‘yicha:

  • pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga TMK tomonidan;
  • 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga — Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan;
  • 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga — TIEK tomonidan beriladi.

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash Cxemasi

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ro‘yxati

 

Chat