Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1319 marta o'qildi

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati – O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik paramyetrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.

  • Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti;
  • O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • belgilangan shakldagi ariza;
  • ilgari berilgan harakatlanish hujjati;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilishi uchun berilgan guvohnomasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun);
  • ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
  • 35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat;
  • davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.

Xizmat uchun yig‘im undiriladi.

Muddat: 15 kungacha, qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etuvchi hollarda esa 1 oygacha.

Chat