Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2576 marta o'qildi

Chiptalar sotishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan jihozlanmagan kassalarda chiptalar sotish, yo‘lovchi tashish poezd jo‘nashiga qadar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:       

  • oldindan sotish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin chiptada ko‘rsatilgan jo‘nash stantsiyasidan yo‘lovchi tashish poezdining jo‘nab ketishidan 45 sutkadan oshmagan muddatlarda;
  • yo‘lovchilardan «borish»ga, «kelish»ga, boshqa stantsiyadan ketishga, uyga etkazib berishga buyurtmalar, korxona va tashkilotlar buyurtmalarini qabul qilish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin yo‘lovchi tashish poezdlarida bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda, yo‘lovchi tashish poezdining jo‘nashidan 5 sutkadan kam bo‘lmagan muddatlarda. Chiptalarni sotishning tugash vaqti chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoni bilan aniqlanadi va bu ma’lumot yo‘lovchilar e’tiboriga etkaziladi.

Chiptaning to‘liq qiymati quyidagilardan tashkil topadi
  • chipta qiymati, ya’ni yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashiganlik uchun hisoblangan to‘lovlar summasi sifatida belgilanadigan chiptaning to‘liq qiymatidan bir qismi
  • platskarta qiymati, ya’ni yo‘lovchi tashishning umumiy masofasi uchun belgilanadigan hamda vagondan foydalanish va yo‘lovchiga yo‘nalish davrida xizmat ko‘rsatganlik uchun o‘z ichiga oladigan chiptaning to‘liq qiymatidan bir qismi
  • vositachilik yig‘imlari, ya’ni aholiga chiptalar sotish va joylarni zaxiraga qo‘yishda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun

Chiptalarni sotishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan yo‘lovchidan qo‘shimcha vositachilik to‘lovlar undiriladi. To‘lov qiymati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Quyidagi shaxslardan chiptalarni rasmiylashtirishda komissiya undirilmaydi
  • Oliy Majlis senatori va deputatlari
  • Maxsus ijaraga olingan vagonlarda va yo‘lovchi poezdlarida yuradigan shaxslar
  • temir yo‘l ishchilari bepul rasmiy va bir martalik chiptalar bilan
  • nogironlar
  • urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar

Oldindan sotish paytida taqdim etiladigan boshqa xizmatlar (uyingizga, ish joyingiz yoki dam olish joyingizga chiptani etkazib berish, yo‘lovchi kassiri tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi poezdiga chipta berish va boshqalar) tashuvchi tomonidan tasdiqlangan narxlarda to‘lanadi.

Chat