Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4098 marta o'qildi

Yo‘lovchi (yuk jo‘natuvchi, yuk qabul qiluvchi) temiryo‘lga nisbatan sudga da’vo qilishdan avval, unga etiroz bildirishi lozim.

Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz bildirish muddati 6 oygacha, jarima undirish bo‘yicha esa – 45 kun.

E’tirozlar quyidagi hollarda bildiriladi:

  • yuk yo‘qolganda
    • yuk qabul qiluvchi tomonidan, quyidagilarni ilova qilgan holda:
    • yuk etib borishi lozim bo‘lgan stantsiyaning yuk kelib tushmaganligi haqidagi muhri bilan tasdiqlangan yuk kvitantsiyasining asli;
    • yuqoridagi hujjatni taqdim qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda yukni narxi to‘langanligi hamda yuk etib borishi lozim bo‘lgan stantsiyaning yuk kelib tushmaganligi haqidagi muhri bilan tasdiqlangan hujjat;
    • yuk jo‘natuvchi tomonidan yuk kvitantsiyasining asli ilova qilinadi.

    Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz yuk etkazib berish muddatidan 30 sutka o‘tgandan so‘ng bildirilishi mumkin.

  • yuk zararlanganda, buzilganda yoki kamomat chiqganda
    • yuk qabul qiluvchi tomonidan, quyidagilarni ilova qilgan holda:
    • temiryo‘l tomonidan berilgan yuk xati va tijorat dalolatnomasi asli, agar dalolatnomani taqdim qilish imkoni bo‘lmasa yuk xatiga belgi qo‘yilishi lozim;
    • temiryo‘l tomonidan berilgan yuk xati va tijorat dalolatnomasi tuzilishi rad etilganligi haqidagi hujjat asli.

    Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz yuk yoki bagaj berilgan kundan boshlab bildirilishi mumkin.

  • yuk kechikib etkazilganda
    • yuk qabul qiluvchi temiryo‘l tomonidan berilgan yuk xati asli.

    Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz yuk yoki bagaj berilgan kundan boshlab bildirish mumkin.

  • bagaj yo‘qotilganda
    • bagaj egasi tomonidan bagaj kvitantsiyasining asli.

    Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz etkazib berish muddatidan 10 sutka o‘tgandan so‘ng bildirish mumkin.

  • bagaj zararlanganda, buzilganda yoki kamomad chiqganda
    • bagaj egasi tomonidan bagaj zararlanganligi, buzilganligi yoki kamomad chiqganligi haqidagi dalolatnoma asli.

    Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz bagaj berilgan kundan boshlab bildirish mumkin.

  • to‘lovlar, jarimalar va yig‘imlar noto‘g‘ri undirilganda
    • yuk jo‘natuvchi (qabul qiluvchi) yuk xati asli, vagonlarni taqdim qilish va tozalash vedomosti, qo‘shimcha yig‘imlar uchun yig‘im kartochkalari, umumiy shakldagi dalolatnoma va to‘lovlar amalga oshirilganligi haqida hujjatlar.

    Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz to‘lovlar noto‘g‘ri undirilgan kundan boshlab bildirish mumkin.

E’tirozlar bildirish va da’vo qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Temir yo‘lga nisbatan e’tiroz vagonlar turib hamda ushlanib qolganligi va boshqa holatlarda aktseptsiz ravishda undirib qolingan jarimalar bo‘yicha temir yo‘lning jarima to‘lash haqidagi talabnomasi qabul qilingan kundan boshlab bildirish mumkin.

Temiryo‘lga nisbatan bildirilgan e’tirozlar, ular kelib tushgan kundan boshlab ko‘yidagi muddatlarda ko‘rib chiqiladi:
  • 3 oy davomida – etkazib berish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
  • 45 kun davomida – jarimalarni to‘lash masalalari bo‘yicha

Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha temir yo‘l tomonidan murojaat etuvchiga xabar beriladi.

Chat