Vasiy o‘z vasiyligidagi shaxsning qonuniy vakili hisoblanadi va uning nomidan yoki manfaatlarini ko‘zlab zarur yuridik harakatlarni amalga oshiradi.
Homiy esa homiylikdagi shaxsga o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashadi, uni uchinchi shaxslarning suiiste’molliklaridan himoya qiladi.
Vasiy va homiy:
Vasiy yoki homiy shaxsning ota-onasi va yaqin qarindoshlari bilan muloqotiga to‘sqinlik qilishi mumkin emas. Faqat bunday muloqot shaxsning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lsa, cheklov qo‘yilishi mumkin.
Vasiy va homiy:
Voyaga etmagan shaxs, qoida tariqasida, vasiy yoki homiy bilan birga yashashi kerak.
Vasiy yoki homiy bolani tarbiyalash, ta’lim olish joyini tanlash va uning kundalik hayotiga oid qarorlarda bolaning yoshi va tushunish qobiliyatiga mos fikrini hisobga olishi lozim.
10 yoshga to‘lgan bolaga vasiy yoki homiy tayinlashda uning istagi inobatga olinadi.
Barcha qarorlarda vasiy yoki homiyning shaxsiy manfaati emas, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning eng ustun manfaati asosiy mezon hisoblanadi.
Vasiy yoki homiy, uning eri yoxud xotini va yaqin qarindoshlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan bitim tuzishga haqli emas.
Shuningdek, ular o‘rtasidagi sud nizosida vasiy yoki homiy shaxsning vakili bo‘la olmaydi.
Vasiy yoki homiy o‘z vakolatidan shaxsiy manfaat uchun foydalansa, etkazilgan zararni qoplashi va majburiyatlarni bajarishdan chetlashtirilishi mumkin.
Material O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22 sentyabrdagi 269-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori asosida tayyorlandi.