Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Sud apparati xodimlari ochiq tanlov asosida ishga olinadi

  • 09.06.2026
  • 27 marta o'qildi

Farmonga ko‘ra, HR-menejment mexanizmlaridan keng foydalangan holda sudlar apparatining kadrlarini boshqarish va nazorat qilishning samarali va zamonaviy tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra 2026 yil yakuniga qadar:

► nomzodlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlari, shu jumladan, ularning maʼnaviy-axloqiy va halollik sifatlarini haqqoniy baholash imkonini beruvchi ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi joriy etiladi;
 
► vakant lavozimlarni eʼlon qilish va nomzodlarni saralash jarayonlarini raqamlashtirishga mo‘ljallangan “vacancy.sud.uz” portali hamda sud tizimida xodimlar bilan ishlashga qaratilgan “SudHR” elektron platformasi ishlab chiqilib, ishga tushiriladi;
 
► sudlarga oliy yuridik maʼlumot va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni jalb qilishda respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
 
2026 yil sentyabrgacha Odil sudlov akademiyasida sudyalar va sud apparati xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning boshqa ko‘rinishlarining oldini olish bo‘yicha “real keyslar”ga asoslangan o‘quv-amaliy moduli joriy etiladi.

Chat