Qarorga ko‘ra, 2026 yil 10 iyundan Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) mudofaa ishlari bo‘limlari shtatidagi fuqaro xodimlarning (chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari bundan mustasno) ish haqi miqdori 2026 yil 10 iyundan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan esa 50 foizga oshiriladi.
Bunda fuqaro xodimlarning tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari (mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi) bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini tegishlicha 2026 yil 10 iyundan eʼtiboran 1,2 baravarga, 2027 yil 1 yanvardan eʼtiboran 1,7 baravarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.