Ushbu Nizom ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat korxonalarida funksiyalarni autsorsing shartlari asosida tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, autsorsing xizmati quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
▪️ autsorserni aniqlash;
▪️ korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ autsorser tomonidan funksiyalarning sifatli bajarilishi;
▪️ davlat buyurtmachisining funksiyalarini bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.
Ishtirokchilarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
➖ tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
➖ beriladigan funksiyalar yo‘nalishida kamida 6 oy faoliyat olib borgan bo‘lishi;
➖ autsorsing shartnomasini bajarish uchun yetarli ish tajribasi hamda boshqa resurslarga ega bo‘lishi;
➖ soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
➖ ishtirokchining sud qarorlari bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi.
Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring davlat buyurtmachisi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.