Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Liftlarning muvofiqligini baholash tartibi belgilandi

  • 22.06.2026
  • 45 marta o'qildi

Hukumat qarori (316-son, 19.06.2026 y.) bilan “Lift va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Ushbu Nizom Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentda belgilangan lift va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash tartib-taomilini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, Milliy muvofiqlik belgisidan foydalanishga doir qonunchilikda belgilangan talab va shartlar bajarilgan taqdirda, Milliy muvofiqlik belgisini qo‘llashga ruxsat etiladi.

Lift xavfsizlik qurilmasiga Milliy muvofiqlik belgisi quyidagi muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining birida ishtirok etgan tayinlangan organning reyestridagi xos raqami bilan birga tushirilishi kerak:

► lift xavfsizlik qurilmasining tasdiqlangan turiga nisbatan muvofiq ekanligini kafolatlovchi sifat tizimi mavjudligini maʼqullash;

► lift xavfsizlik qurilmasini ishlab chiqarishda sifatni kafolatlovchi keng qamrovli sifat tizimining mavjudligini maʼqullash;

► lift xavfsizlik qurilmasining tasdiqlangan turiga nisbatan muvofiq ekanligini nomuayyan vaqt oraliqlarida baholash.

Tayinlangan organ o‘tkazilgan baholash, tekshirish va sinashlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda ularning natijalari qayd qilingan baholash hisobotini rasmiylashtiradi.

Asosiy xavfsizlik talablariga liftning muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, tayinlangan organ o‘tkazilgan sinov natijalariga asoslangan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.

Chat