Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi

  • 23.06.2026
  • 22 marta o'qildi

Qonun (O‘RQ–1155-son, 22.06.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.


Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar quyidagilar etib belgilandi:

1️⃣ Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismi “d” bandida, 168-moddasi 4-qismi “g” bandida, 192-9, 192-10-moddalarida, 192-11-moddasi 2-qismi “v” bandida, 205-moddasi 2-qismi “v” bandida, 206-moddasi 2-qismi “v” bandida, 208-moddasi 2-qismida, 209-moddasi 2-qismi “v” bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 214-1, 214-2-moddalarida va 301-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar;

2️⃣ Kodeksning 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa.

⛔️ Shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlik, firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxsga qo‘llanilmasligi belgilandi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

davlat xaridi predmetining boshlang‘ich narxi va uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasida yo‘l qo‘yiladigan tafovutning eng ko‘p miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish, bundan talon-toroj qilish hollari mustasno,

➖ mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etiladi.

☑️ Davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Chat