Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13627 marta o'qildi

Umumiy ovqatlanish korxonasi — umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya va boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, sotish va iste’mol qilishni tashkil etish hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi tadbirkor.

Umumiy ovqatlanish korxonalari turlari:

  • restoran

    Restoran - nomiga ega bo‘lgan, murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli kulinariya va qandolat mahsulotlari kyeng assortimentini hamda ichimlik taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi.

    Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Dam olish, ovqat pishirish va xizmat ko‘rsatish bilan uyg‘unlashtirilgan holda yuqori malakali oshpaz va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi.

  • vagon-restoran

    Vagon-restoran - yo‘lda yurish davomida temir yo‘l transporti yo‘lovchilari va poyezd brigadalari xodimlariga nonushtalar, tushliklar, kechki ovqatlar, qandolat mahsulotlari va ichimliklar bilan xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi.

  • bar

    Bar — tik turgan holda iste’molchilarga ichimlik va zakuskalar bilan xizmat ko‘rsatishni (stolchalar yonida xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda) tashkil qiladi.

    Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga ko‘ra barlar pivo, vino, kokteylь, sut barlari va boshqa barlarga ixtisoslashgan bo‘ladi.

      
  • kafe (yozgi kafe)

    Kafe — iste’molchilarga qaynoq va sovuq ichimliklar, qandolatchilik, sut mahsulotlari hamda tayyorlanishi murakkab bo‘lmagan kulinariya mahsulotlarini taqdim etadi.

    Sotiladigan mahsulotlari yoki yo‘nalishiga ko‘ra kafelar: shirinlik, muzqaymoq, sut kafesi, bolalar kafesi, yoshlar kafesi va shu kabilarga ixtisoslashgan bo‘ladi va kechki vaqtda musiqiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilishi mumkin.

  • kafyetyeriy

    Kafyetyeriy — do‘kon yonida shu joyning o‘zida iste’mol qilinadigan issiq ichimliklar, sut, sharbat, butyerbrodlar, qandolat mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun tashkil etilgan bo‘lim.

  • oshxona

    Oshxona — iste’molchilarni nonushtalar, tushliklar va kechki ovqat ta’minlovchi korxona.

    Oshxonalarning quyidagi turlari mavjud:

    • umumiy ravishda foydalaniladigan;
    • sanoat korxonalari;
    • muassasalar;
    • qurilishlar;
    • o‘quv yurtlari.
  • kichik oshxona

    Kichik oshxona — iste’molchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal xizmat ko‘rsatishni tashkil etuvchi korxona.

    Kichik oshxona quyidagilarga ixtisoslashgan bo‘ladi:

    • kabobxona;
    • palovxona;
    • somsaxona;
    • sosiskaxona;
    • chuchvaraxona;
    • cheburekxona;
    • pirojkaxona;
    • blinchikxona.

    Ularda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va stollarga kompleks ovqatlarni oldindan qo‘yish usullari qo‘llaniladi.

  • choyxona

    Choyxona — choynakda choy berish xizmat ko‘rsatishning asosiy turi hisoblanadigan korxona.

    Bundan tashqari, choyxonada turli xil obinonlar, milliy shirinlik, qandolat, bulka mahsulotlari va boshqa bufet mahsulotlari bo‘lishi mumkin.

  • bufet

    Bufyet iste’molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimlik, sovuq taom va zakuskalar, non-bulka va qandolat mahsulotlari, shuningdek oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan tezkor xizmat ko‘rsatadigan korxona.

    Unda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar xizmat ko‘rsatish qo‘llanilishi mumkin.

Umumiy ovqatlanish korxonasi xodimi majburiyatlari.

Umumiy ovqatlanish korxonasida ishlaydigan xodim tovarni saqlash, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim.

Xodim:

  • sanitariya normalari va talablariga;
  • yong‘indan saqlash normalariga;
  • standart talablariga;
  • texnika xavfsizligiga rioya qilishi kerak.

Xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonasida kamida 1 ta xorijiy tilni biladigan xodim bo‘lishi kerak.

Chat