Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19766 marta o'qildi

Quyidagilar FHDYo organlari hisoblanadi:

  • tumanlar va shaharlar FHDYo bo‘limlari, shuningdek, nikoh uylari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining idoraviy FHDYo arxivlari.

FHDYo organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

  1. tug‘ilganlik;
  2. nikoh tuzish;
  3. nikohdan ajralish;
  4. o‘lim.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, ikki nusxada tuziladi va FHDYo organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.


Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin
  1. agar dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa;
  2. agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan ushbu Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;
  3. agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.

► Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDYo organi o‘n besh kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim.


FHDYo harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat