Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8937 marta o'qildi

Davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi lavozimlarga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan ozod qilingan shaxslarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin lavozimiga saylanishiga yoki tayinlanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi beriladi, bunday ish bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish beriladi.

Ishga tiklash
  • Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.
  • Nizoni ko‘rish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati yuklatiladi.
  • Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan bo‘lsa, sud kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi.

Oldingi ishiga tiklanadigan shaxslar
  • harbiy bo‘lgan rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqanlar;
  • davlat organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganlar (Oliy Majlis palatalari va boshqalar);
  • sudьyalik lavozimida ishlaganlar.


  • Xodimlarning vakillik organlari a’zolariga o‘zlarining vakillik faoliyatlarini amalga oshirishlari munosabati bilan ish beruvchi tomonidan biron bir shakldagi ta’qib qilinishdan himoya etish kafolatlanadi.
  • Vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga intizomiy jazo berishga, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek vakillik organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin ikki yil davomida ish beruvchining tashabbusi bilan mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmay turib bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Vakillik organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangani munosabati bilan ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlarga ularning saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, — avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.

Sudьyalarning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ularga beriladigan kafolatlar
  • Vakolatlari muddati tugagan sudьyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
  • Sudьyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudьyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.

Chat