Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 174863 marta o'qildi

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.


Ishga kirishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • pasport (ID karta) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun – tug‘ilganlik guvohnomasi va yashash joyidan ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotganlar taqdim etmaydi), o‘rindoshlik asosda ishga kirayotganlar - asosiy ish joyidan ma’lumotnoma;
  • harbiy bilet yoki harbiy hisob guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun);
  • maxsus ma’lumotga ega shaxs bajarishi mumkin bo‘lgan ishga kirayotganda, diplom yoki mazkur ishni bajarish huquqini beradigan hujjat.

  • Ishga kirayotgan shaxsning pasporti (ID karta) haqiqiy bo‘lmasa, ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.
  • Ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.


Ishga qabul qilish rasmiylashtirish

  • Ishga qabul qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
  • Buyruq mehnat shartnomasining mazmuniga to‘liq mos kelishi va xodimga ma’lum qilinishi lozim.
  • Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari bilan oldindan tanishtirilishi shart.
  • Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kunning ertasidan ishga tushadi.

Hayotiy misollar (case): Ishga kirish masalasi

G. ismli shaxs korxonaga ishga kirmoqchi bo‘lganida, undan o‘qishdan tavsifnoma olib kelish lozimligi talab qilinib, aks holda ishga qabul qilinmasligi ma’lum qilingani, korxona ma’muriyatining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini so‘radi.

Javob: Ushbu holatda G.ismli shaxsdan Mehnat kodeksining 80-moddasiga asosan:
1) pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat;
2) mehnat daftarchasi (agar ochilgan bo‘lsa);
3) harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
4) zarur hollarda ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjat so‘ralishi mumkin bo‘lib, boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Demak, G. ismli shaxsdan o‘qishdan tavsifnoma olib kelishni talab qilish qonunga ziddir.


Foydali havolalar

► Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi 

► Davlat mehnat inspektsiyasi sayti, agar mehnat huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga savol yo‘llash 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi telefon raqamlar ma’lumotnomasi 

► Xorijda ishlashni xohlovchi fuqarolarning Umummilliy ma’lumotlar bazasi 

Chat