Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10713 marta o'qildi

Hukumat qarori (26-son, 17.01.2022-y.) bilan Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

  • Nizomga muvofiq, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimi qarori asosida “Mehr daftari”ga kiritiladi va undan chiqariladi.
  • “Mehr daftari” tizimiga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va ma’lumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
  • 2022-yil 1 fevralgacha mazkur axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi.
  • O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shu’balari “Mehr daftari”ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.

Quyidagilar “Mehr daftari”ga ma’lumotlarning bevosita kiritilishini ta’minlaydi:

  1. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan uning tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari va Oilaviy bolalar uylari;
  2. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uning tizimidagi Bolalar uylari;
  3. SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan uning tizimidagi bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy etimlikning oldini olish xizmatlari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari to‘g‘risidagi;
  4. tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi.
  5. Daftarga kiritilgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)lari tegishli tartibda o‘rganiladi.
  6. “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari quyidagilar tomonidan muvofiqlashtiriladi:     
  7. tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shu’basi tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda;
  8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda;
  9. Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi va Milliy gvardiya tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda.

Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 25 yoshga to‘lganda tegishli qaror asosida “Mehr daftari”dan chiqariladi.


Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart. Bandligi ta’minlanmagan holatlarda, “Mehr daftari” hisobida turish muddati bandligi ta’minlangungacha, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

Chat