Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 29990 marta o'qildi

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

  • davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;
  • o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning taklifi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Uzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
  • davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki martaavgust va yanvarь oylarida tashkil etiladi.

Bunda:

avgust oyidagi qabul — navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

yanvarь oyidagi qabul — dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi;

v) davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abiturientlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi;

g) tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi;

d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

e) davlat oliy ta’lim muassasalariga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda chet el fuqarosini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi. Bunda, chet el fuqarosi oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:

  • davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;
  • davlat oliy ta’lim muassasalariga (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Uzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20 iyunga qadar Uzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
  • oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasi Uzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib boriladi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:

  • tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizi aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlanadi;
  • har yili 20 iyulga qadar tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti o‘rinlarining oliy ta’lim muassasalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Uzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining takliflari asosida tasdiqlanadi hamda Uzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
  • b) davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar qoplanadi:
  • 2021/2022 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;
  • 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori.
Chat