Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4028 marta o'qildi

Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.
  2. HGTT tabiiy gazni hisobga olish priborini joyning o‘ziga chiqib plombalaydi.
  3. Ikki ish kun moybaynida HGTT Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan gaz ta’minoti shartnomasini yuborishi kerak.
  4. Talabgor rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasini tasdiqlashi va tasdiqlangan gaz ta’minoti shartnomasini HGTTga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborishi kerak.
  5. HGTT qonun hujjatlarida to‘lovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun oldindan to‘lov amalga oshirilgan kundan tabiiy gazni etkazib berishi kerak.

Tashkilot: «Hududgazta’minot» AJ

Bog‘lanish: Call markaz: 1104

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 7 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: Bepul

Chat