Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11860 marta o'qildi

Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Uy-joyning ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi, uning notarius orqali tasdiqlash talab etilmaydi.

  • Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddati 5 yilgacha.

Ijaraga oluvchi va uning oila a’zolarining talabiga binoan shartnoma oila a’zolarining bittasi bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki uy-joydan chiqib ketgan taqdirda, shartnoma uy-joyda yashab turgan oila a’zolarining biri bilan tuziladi.

Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko‘rsatilishi lozim.

Ko‘chmas mulk shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Ijara shartnomasini ro‘yxatga qo‘yish uchun havolaga o‘ting.

Tuzilgan shartnomani soliq organlari hisobiga qo‘ymaslik jarima solishga sabab bo‘ladi.

  • Mol-mulkni ijaraga olgan jismoniy shaxslar uchun ijara haqining 2022-yildagi minimal stavkalari.

Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining namunaviy shakli.

  • Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Uy-joyni ijaraga beruvchining majburiyatlari
  • Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli bo‘sh uy-joyni berishi lozim.
  • Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat ko‘rsatishi yoki xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat ko‘rsatish qurilmalari ta’mirlanishini ta’minlashi shuningdek uy-joydan faqat ijara shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.

Шаблон ва шакллар намуналари

Ijara shartnoma namunasi

Chat