Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4602 marta o'qildi

Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga binoan faqatgina fuqaro ijaraga oluvchi bo‘lishi mumkin.

  • Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko‘rsatilishi lozim. Shartnomada bunday ko‘rsatmalar bo‘lmasa, mazkur fuqarolarni uy-joyga qo‘yish Fuqarolik Kodeksi 608-moddasining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar uy-joydan foydalanish bo‘yicha u bilan teng huquqlarga egadirlar. Ijaraga oluvchi bilan bunday fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar qonunda belgilanadi.

  • Ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashab, uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shartlarini buzayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi.

Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda uy-joyda doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi ijaraga oluvchi bilan birga ijaraga beruvchi oldida solidar javobgar ekanliklari to‘g‘risida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday holda ushbu fuqarolar birgalikda ijaraga oluvchi bo‘ladilar.

Chat