Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11764 marta o'qildi

Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv bo‘lib, unga muvofiq xodim ish beruvchining manfaatini ko‘zlab, ushbu kelishuvda belgilangan mehnat vazifasini uning rahbarligi va nazorati ostida shaxsan bajarish, ichki mehnat qoidalariga rioya etish majburiyatini, ish beruvchi esa xodimga shartlashilgan mehnat vazifasi bo‘yicha ish berish, xodimga ish haqini o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lash, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va ushbu kelishuvda nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Mehnat shartnomasining mazmuni.

Mehnat shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi:

Mehnat shartnomasining mazmuniga:

  • xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;
  • mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
  • majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
  • xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘lmaydi.

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida 2 nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.

  • Mehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.
  • Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda mansabdor shaxsning mehnat shartnomasining barcha nusxalaridagi imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.

Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mehnat shartnomasi:

  • nomuayyan muddatga;
  • 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin.

Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

Muddatli mehnat shartnomasida uning muddati quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:
  • mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlarda, oylarda, yillarda ko‘rsatish;
  • mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlanadigan kalendarь sanani va mehnat shartnomasining muddati tugaydigan kalendarь sanani ko‘rsatish;
  • yuz berishi bilan mehnat shartnomasining muddati tugaydigan hodisani aniqlash (ob’ektni foydalanishga topshirish, o‘rniga ishlab turish vaqtiga boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).

Ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
  • agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni bajarishni;
  • qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur etkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.

Chat