Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1540 marta o'qildi

Bog‘chaga berish yoshi

Davlat bog‘chalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar. Xususiy bog‘chalarga qabul qilish yoshi va tartibi ushbu bog‘chalar tomonidan mustaqil belgilanadi.

  • 2022-yil 1 apreldan boshlab: to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berilsin;

Bog‘chaga bolani joylashtirish uchun anketa to‘ldirish

Davlat bog‘chasiga bolani joylashtirish uchun yo‘llanma olish haqida anketani to‘ldirish zarur. Anketani 2 xil usulda to‘ldirish mumkin.

Yo‘llanma olish uchun faqatgina tegishli so‘rovnomani to‘ldirish talab etiladi. Bunda faqatgina yo‘llanma olishda imtiyozlar mavjud bo‘lsa tegishli hujjatlarning asl nusxalari ko‘rsatiladi.

Bog‘chaga joylashtirishda imtiyoz berilgan shaxslar ro‘yxati

Quyidagi shaxslarga bolani bog‘chaga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
  • ko‘p bolali oilalarning bolalari;
  • etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
  • talabalar va pedagoglarning bolalari;
  • akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
  • ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma olish

Bog‘chaga berish haqida anketa to‘ldirilayotganda tanlangan bog‘chada bo‘sh o‘rin mavjud yoki mavjud emasligi avtomatik ravishda ma’lum bo‘ladi. Agar bo‘sh o‘rin bo‘lmasa bunda:

  • bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lgan boshqa bog‘chani tanlash (yo‘llanma olish);
  • bo‘sh o‘rin bo‘lganda yo‘llanma olish uchun navbatga kirish (bunda bir yo‘la 2 ta bog‘chani tanlash mumkin).

Taqdim etgan anketada ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi yo‘llanmalar berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Boshqa asoslar bo‘yicha yo‘llanma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yo‘llanma berish muddati
  • Yo‘llanma bo‘sh joy paydo bo‘lgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etiladi.
  • Yo‘llanma olingandan keyin 15 kun ichida bog‘chaga olib borilishi kerak. Ushbu muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan yo‘llanma qabul qilinmaydi.
  • Bola bog‘chaga yo‘llanma taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida qabul qilinadi.

Bolani bog‘chaga qo‘yishda to‘lanadigan summa

Bolalarni bog‘chaga qabul qilish bepul amalga oshiriladi.

Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun elektron ariza berish


Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish


Chat