Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirishi yoki qayta tiklashda ta’lim yo‘nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash:
Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash davlat komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:
Quyidagi holatlar o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
Talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi sabablar bo‘lganda bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:
O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
O‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab talabaga stipendiya to‘lanadi.
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish bir yilda 2-marta amalga oshiriladi:
Qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilish:
Talabalar safidan chetlashtirilgan fuqarolar o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi)ga ko‘chirib tiklash to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega. Bunda arizaga o‘qishni ko‘chirish tartibidagi hujjatlar taqdim etiladi.
Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan etimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar, davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytgan talabalar istisno tariqasida o‘qishga (muayyan kursga) davlat grantlari o‘rinlariga qayta tiklanishi mumkin.
O‘qishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) o‘quv yilida kursiga talabani o‘qishga qayta tiklashga (ko‘chirib tiklashga) yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabani boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirib qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi roziligi talab etilmaydi.
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.
Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.