Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27 marta o'qildi

Qayta tayyorlashning muddati o‘z bazasida o‘qitilayotganlarning kasbiy darajasini, ishlab chiqarish tajribasini, egallanayotgan kasblar murakkabligining talab qilinayotgan kasbiy bilim hajmiga va tegishli o‘quv dasturlarining mazmuniga nisbatan mutanosibligini hisobga olgan holda, mehnat organlarining o‘quv markazlari korxonalarning o‘quv bo‘linmalari bilan o‘zaro kelishib belgilanadi.

Ishsizlarni qayta tayyorlash (qayta o‘qitish) holatlari
  • mavjud kasbiga va malaka darajasiga mos keladigan maqbul ish taklif qilinmasa;
  • mehnat bozori talablariga muvofiq o‘z kasbini o‘zgartirish istagi bo‘lsa;
  • avvalgi malakasi bo‘yicha ish bajarish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa.

Qayta tayyorlashning bosqichlari
  • o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
  • o‘qitish o‘rnini aniqlash;
  • o‘qitish va ishga joylashtirish yuzasidan shartnomalar tuzish;
  • o‘quv guruhlarini butlash va kasbga tayyorlashga yo‘llash;
  • kasbiy ta’lim jarayoni;
  • kasbiy ta’lim jarayonini nazorat qilish;
  • kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarni attestatsiya qilish;
  • kasbiy ta’limga doir ishlarni hisobga olish va statistik hisobot.

Chat