Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15053 marta o'qildi

Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga etarli asoslar bo‘lgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.

  • Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma

  • alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma ilova qilinadi.

Quyidagilar transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda ekanligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi
  • haydovchining og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;
  • haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);
  • haydovchi nutqining buzilganligi;
  • haydovchi qo‘l barmoqlarining qaltirashi;
  • haydovchi yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi.

Tibbiy tekshiruv asosida xulosa tuziladi, unda tekshiriluvchi shaxsning tekshiruv vaqtidagi holati aniq yoritilishi zarur. Shifokor xulosa tuzayotganda quyidagi holatlardan birini belgilashi lozim
  • mastlik holati aniqlanmadi;
  • alkogolli mastlik holati aniqlandi;
  • giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holati aniqlandi (bu holatda aniqlangan modda ko‘rsatilishi shart va xulosa faqat moddaning aniq haqqoniy laborator ta’rifi bo‘lgandagina chiqariladi);
  • salomatlik holati bo‘yicha yuqori xavf manbai bor ishlardan chetlatishni talab etuvchi funktsional holatning buzilishlari mavjud.

Chat