Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Aliment to‘lovchi shaxs xorijga chiqishi uchun ta`qiq qo‘yilgan bo‘lsa, uni qanday bekor qilish mumkin?

  • 10283

Aliment to‘lovchi bo‘lgan shaxs, chet elga chiqishi uchun quyidagi uchta holatlardan birini amalga oshirgan holda ta`qiqni bekor qilishlari mumkin: 

  • O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasiga asosan  undiruvchining yaʼni sobiq turmush o‘rtog‘ini roziligi yaʼni ijroni to‘xtatish haqidagi arizasiga asosan;

  • Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BXM) 250 baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.

  • Davlat ijrochisining O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish hamda prokuror tomonidan keltirilgan protest asosida ta`qiq olib tashlanishi mumkin.

Alimentlar summasini oldindan to‘lash yoki alimentlar to‘lash majburiyatini taʼminlash bo‘yicha garov taqdim etish faqat qarzdorning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda amalga oshiriladi.

Alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasining tuzilishi davlat ijrochisi yoki sud tomonidan qarzdor jismoniy shaxsning ilgari belgilangan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash uchun asos hisoblanadi.

  • Aliment to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma va davlat ijrochisining oldindan to‘lanadigan aliment summasini hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi qarori, qarzdorning ijro ish yuritishni amalga oshirayotgan Byuroning tuman (shahar) bo‘limiga kiritgan arizasiga asosan beriladi.

  • Arizada qarzdor tomonidan alimentlarni oldindan to‘lamoqchi bo‘lgan davri ko‘rsatiladi.

Arizaga avvalgi davrlar uchun to‘langan (ushlab qolingan) aliment summalari, shuningdek, oylik ish haqi va boshqa daromadlari, shu jumladan chet elda olingan daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Byuro tomonidan rasmiy veb-sayt orqali oldindan to‘lanadigan alimentlar miqdorini hisoblash imkonini beruvchi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatiladi (maxsus kalkulyator).

Alimentlarni oldindan to‘lash uchun undiruvchiga muayyan mol-mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish faqat mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.

Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos bo‘lgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u bo‘yicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Garov predmetini garovga oluvchida qoldirgan holdagi garov to‘g‘risida NAMUNAVIY SHARTNOMA.

 

Chat