Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21791 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida vizasiz rejim o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga O‘zbekiston hududidan chiqishi faqat biometrik pasportlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 7 ish kuni mobaynida Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi hududiy bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

7 kundan kam bo‘lgan muddatga keluvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.

Rossiya Federatsiyasi hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan RF qonunchiligida belgilangan 2000 rubldan 7000 rublgacha miqdorda ma’muriy jarima jazosi qo‘llaniladi, ba’zi hollarda Rossiya hududidan chiqarib yuborilishi hamda RF hududiga 5 yil muddatgacha kirishi ta’qiqlanishi mumkin.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan www.uzembassy.ru yoki Elchixonaning konsullik bo‘limiga telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +74992300076.

Chat