Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 23138 marta o'qildi

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, «Yoshlar daftariga» kiritilgan yoshlarning mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berish «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.          


  • Professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni so‘rab Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  • ariza;
  • to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
  • Mazkur masala bo‘yicha murojaat qilgan fuqaro to‘lov-kontrakt summasining qolgan qismini to‘lash imkoniyatini asoslantirishi lozim.

Belgilangan to‘lov-kontrakt mablag‘lari professional yoki oliy ta’lim muassasasining hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.


«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini, shuningdek, ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Chat