Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 82915 marta o'qildi

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy bo‘lishlari mumkin.

  • Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi bilan havolada tanishing.
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaFRB), joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari orqali vaqtincha ro‘yxatga olinadilar. Vaqtincha ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqami ro‘yxatga olingan hududiy MvaFRB tomonidan ularning yozma murojaatlariga asosan beriladi.

Vaqtincha ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatga olingan joylarida yashashlari lozim.

  • Vaqtincha ro‘yxatga olinishning muddati chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi nazorat-o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan sanadan keyingi kunning 00:01 soatidan boshlab hisoblanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi

  • joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan ular kelib joylashgan vaqtda, qancha muddat bo‘lishlaridan qat’i nazar, «E-mehmon» dasturi yordamida;
  • chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslar tomonidan:
  1. chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan oshmasa, ular kelib joylashgan paytda «E-mehmon» dasturi yordamida yoki uch ish kuni ichida hududiy MvaFRBga murojaat etish orqali;
  2. agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan oshsa, uch ish kuni ichida hududiy MvaFRBga murojaat etish orqali;
  • mustaqil ravishda sayohat qilayotgan, palatkali lagerlarda va tunash uchun joylashish vositasiga aylantirilgan er transportida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelganlaridan keyin ikki kun mobaynida turistik-axborot markazlariga yoki yaqin oradagi joylashtirish vositalariga murojaat qilish yo‘li bilan «E-mehmon» dasturi orqali.

Vaqtincha ro‘yxatga olinishning quyidagilar ozod qilinadilar
  • respublikaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga muvofiq kelgan xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, parlament va hukumat delegatsiyalarining a’zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik xodimlari, sanab o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari;
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan hujjatlar (qizil va moviy rangli Laissez-Passer pasporti) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
  • 16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlarida yoki oddiy kunlarda uch ish kunigacha bo‘lgan muddatga keladigan hamda shu kunlar davomida respublikadan chiqib ketadigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
  • sayohat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi punktida bo‘lish muddati uch kundan oshmasa, ularning bo‘lganligini tasdiqlaydigan hujjatlardan (xizmatlardan foydalanganligini, tovarlar xarid qilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar, foto yoki videotasvirlardan) biri mavjud bo‘lganda. Bunda bitta aholi punktida uzluksiz ro‘yxatdan o‘tish talabi qo‘yilmaydi;
  • va boshqa shaxslar.

Boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari.

  • O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiskadan o‘tgan joylari bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladilar.
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi sayti bilan havolada tanishing.
Chat