Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 52 marta o'qildi

Xususiy mulk – fuqarolar va tadbirkorlarga egalik qilish, foydalanish hamda sotish, ayirboshlash, ijara va foydalanishga berish huquqi bilan tegishli bo‘lgan pul, bino-inshoot, transport vositalari, daraxt, hayvonlar, aktsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, asbob-uskunalar va boshqalar.

Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari:
  • xususiy mulk huquqini tan olish;
  • xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
  • bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
  • davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
  • xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;
  • burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
  • zararning o‘rnini qoplash;
  • neustoyka undirish;
  • ma’naviy ziyonni qoplash;
  • xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlari barqarorligini ta’minlash;
  • davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi;
  • mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Batafsil

Imtiyozlar – tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha huquqlar taqdim etish, ayrim majburiyatlarni bajarishdan to‘liq yoki qisman ozod etish yoxud ularni bajarish shart-sharoitlarini engillashtirish.

Imtiyozlar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:

soliq imtiyozlari;

bojxona imtiyozlari;

investiyaviy afzalliklar;

subsidiyalar va boshqalar.


Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bilan havolada tanishing.

Chat