Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10029 marta o'qildi

Omonat (depozit) sertifikati - egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘oz bo‘lib, bankka qo‘yilgan omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan muddat tamom bo‘lganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda ko‘rsatib qo‘yilgan foizlarni olish huquqini ham tasdiqlaydi.

  • Omonat (depozit) sertifikati pul to‘lash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan taqdirda bank, agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, omonat summasini va talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni to‘laydi.
  • Sertifikatni tovarlar oldi-sotdisi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) uchun hisob-kitob qilishda to‘lov vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas.
  • Sertifikatlar 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga (sertifikat berilgan vaqtdan boshlab sertifikat saqlovchisi sertifikat bo‘yicha depozitni talab qilib olish huquqini qo‘lga kiritish vaqtiga qadar) chiqariladi.
  • Sertifikatlar bo‘yicha foiz stavkalari, ushbu sertifikatlarni muomalaga chiqarayotgan bank tomonidan belgilanadi.
  • Sertifikat bo‘yicha foizlarni to‘lash bank tomonidan sertifikatni to‘lovga taqdim etish bilan bir vaqtda to‘lanadi yoki sertifikat chiqarilish shartlarida belgilangan bo‘lsa sertifikatning muomalada bo‘lish muddati davomida har bir davrdan keyin to‘lab boriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni banklarning veb-saytlaridan olish mumkin.

Chat