Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7979 marta o'qildi

Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga yo‘llanma olish uchun bemor yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalarga murojaat qiladi.         

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiy muassasaga bemorni qabul qilish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
  • yo‘llanma bo‘yicha – bunda davolash va parvarishlash bepul amalga oshiriladi;
  • haq evaziga tibbiy xizmat ko‘rsatish haqida shartnoma tuzish yo‘li bilan.

Yo‘llanmani rasmiylashtirish holatlari:
  • agar shaxs imtiyozli toifaga kiradigan mijozlar qatoriga kirsa (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, to‘liq etimlar va h.k.);
  • bemor atrofdagilarga xavf tug‘diradigan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasallikka hamda sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik yoki kasbiy kasalliklarga chalingan bo‘lsa;
  • bemorni davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarida davolash zarurati bo‘lsa (shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalari; onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari; ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash muassasalari; yuqumli kasalliklar muassasalari).

Chat