Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12117 marta o'qildi

Avtokredit, odatda, birlamchi bozordan engil avtomobilni rasmiy dilerdan sotib olish uchun banklar tomonidan beriladi.

Garov ta’minoti quyidagilar bo‘lishi mumkin
  • mulk garovi (ko‘p hollarda sotib olinayotgan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi);
  • yuridik shaxsning kafolati;
  • asosiy ish joyida barqaror daromadga ega bo‘lgan 2 jismoniy shaxsning kafolati;
  • sug‘urta polisi yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati.

Avtokredit olishga buyurtma berish uchun talab qilinadigan hujjatlar
  • avtosalon bilan tuzilgan shartnoma;
  • pasport va uning nusxasi;
  • barcha oila a’zolarini ko‘rsatgan holda yashash joyidan olingan ma’lumotnoma;
  • oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari haqidagi ish joyidan olingan ma’lumotnoma;
  • kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar: (kafolatlar, garov shartnomasi va boshqalar).

Chat