Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15912 marta o'qildi

Mediatsiya taraflari qanday huquqlarga ega?

Mediatsiya taraflari:

  • mediatorni ixtiyoriy tanlashga;
  • mediatordan voz kechishga;
  • istalgan bosqichda mediatsiyada ishtirok etishdan voz kechishga;
  • shaxsan yoki o‘z vakili orqali ishtirok etishga haqli.

Taraflar tuzilgan mediativ kelishuvni unda belgilangan tartib va muddatlarda bajarishi shart.

Mediator qanday huquqlarga ega?

Mediator:

  • barcha taraflar bilan birgalikda yoki har biri bilan alohida uchrashishi;
  • nizoni hal qilish bo‘yicha og‘zaki va yozma tavsiyalar berishi;
  • mediatsiyani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashni talab qilishi mumkin.

Mediatorning asosiy majburiyatlari nimalar?

Mediator:

  • qonunchilik va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishi;
  • bilimlarini doimiy takomillashtirishi va, advokat hamda notarius maqomiga ega mediatorlardan tashqari, uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi;
  • mediatsiya boshlanishidan oldin taraflarga uning maqsadi, huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
  • faqat taraflarning roziligi bilan harakat qilishi;
  • qonuniy usullardan foydalanishi;
  • belgilangan statistik ma’lumotlarni taqdim etishi;
  • mustaqilligi yoki xolisligiga ta’sir qiladigan holatlar haqida taraflarni xabardor qilishi shart.

Mediatorga qanday cheklovlar qo‘yiladi?

Mediator ayni bir nizo bo‘yicha:

  • taraflardan birining vakili bo‘lishi;
  • taraflardan biriga yuridik, maslahat yoki boshqa yordam ko‘rsatishi;
  • natijadan shaxsan manfaatdor bo‘lsa yoki taraflardan biri bilan qarindosh bo‘lsa mediatorlik qilishi — qonundagi va har ikki taraf rozi bo‘lgan istisnolardan tashqari;
  • taraflar roziligisiz nizoning mohiyati bo‘yicha oshkora bayonot berishi mumkin emas.

Mediator qoida buzsa nima bo‘ladi?

Qonunchilik yoki kasb etikasi qoidalari buzilsa, mediatorga:

  • ogohlantirish;
  • faoliyatini 6 oygacha to‘xtatib turish;
  • Mediatorlar reestridan chiqarish choralari qo‘llanilishi mumkin.

Mediator mediatsiya natijasida etkazilgan zarar uchun ham qonunchilikda belgilangan tartibda taraflar oldida javobgar bo‘ladi.

Chat