Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17272 marta o'qildi

Advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam turlari
  • huquqiy masalalar (masalan, meros, mol-mulk, aliment, uy-joy, soliq va h.k) bo‘yicha maslahatlar berish;
  • arizalar, shikoyatlar (masalan, prokuratura organiga ariza, fuqarolik sudiga daьvo arizasi va h.k) va boshqa hujjatlarni yozib berish;
  • fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarda vakil sifatida ishtirok etish;
  • jinoiy ishlar bo‘yicha tergovda va sudda himoyachi sifatida ishtirok etish;
  • tadbirkorlarga yuridik xizmat ko‘rsatish.

Advokat shartnoma bo‘yicha davlat organlarida yoki sudlarda vakillikni amalga oshiradi.

Bunda vakil ishonch bildiruvchi nomidan barcha harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

Ishonchnomada advokat huquqlari va vakolatlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak
  • arz qilingan talabdan to‘liq yoki qisman voz kechish;
  • uning asosini yoki predmetini o‘zgartirish;
  • miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish;
  • da’vogarning talablarini tan olish;
  • kelishuv bitimi tuzish;
  • vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish;
  • sud hujjati ustidan shikoyat qilish;
  • arizalarni imzolash;
  • ijro varaqasini undiruvga taqdim etish;
  • undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish

Fuqaroni yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning ajrimi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.

Oilasida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq bo‘lmagan shaxslar advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi va xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bog‘liq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek qonunchilikka muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik yordam uchun haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi.

Chat