Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9645 marta o'qildi

Har bir iste’molchi tovar sotib olayotganda aldovga (firibgarga) duch kelishi mumkin.

Iste’molchiga tovar sotib olishdan oldin quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi
  • sotuvchida tovarga oid hujjatlar bor yoki yo‘qligini tekshirish;
  • tovarning yo‘riqnomasi bilan tanishish;
  • sotuvchidan tovardan foydalanishni o‘rgatishni talab qilish;
  • tovarda nuqson aniqlansa, uni sifatli tovarga almashtirish yoki qaytarish (nuqsonni bartaraf etish) haqida olindan keshib olish;
  • tovarning sifatli va xavfsiz ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilgandan so‘ng pul to‘lash.

  • Avtomashina, televizor, xolodilьnik, kompьyuter, telefon qurilmalari va boshqa shu kabi tovarlarni rasmiy dilerdan (firma do‘konlaridan) sotib olish tavsiya etiladi.
  • Tovar sotilganda, sotuvchi kassa (tovar) cheki berishi lozim. Chek tovar bilan bog‘liq nizo kelib chiqqan taqdirda asosiy dalillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun tovar sotib olayotganda kassa (tovar) chekini talab qilish lozim.

Internet orqali tovar sotib olinayotganda, sotuvchi xaridorga taqdim etishi lozim bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarning mavjud bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim:
  • sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)ning to‘liq nomi;
  • sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)ning manzili;
  • tovarning asosiy iste’mol xossalari;
  • tovarning ishlab chiqarish joyi;
  • tovarning narxi va sotib olish shartlari (litsenziya);
  • tovarni etkazib berish haqida ma’lumot;
  • tovarning xizmat (yaroqlilik, kafolat) muddati;
  • tovar uchun haq to‘lash tartibi;
  • shartnoma tuzish haqidagi taklif amal qiladigan muddat.

  • Yuqoridagi ma’lumotlarning mavjud emasligi sotuvchining noxolisligidan dalolat beradi va kelgusida sotib oluvchi uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.
  • Bank plastik kartochkadan Internet orqali tovar (xizmat) uchun onlayn to‘lov amalga oshirilganda, plastik kartochka haqidagi ma’lumotni (parolni) begona shaxslarga taqdim etmaslik lozim.

Firibgarlik harakatini sodir etgan aybdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Chat