Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 77586 marta o'qildi

Er uchastkalarining maydoni soliq solinadigan bazadir.

Jismoniy shaxslarga tegishli er uchastkalari uchun er solig‘i quyidagi hollarda yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i stavkasida undiriladi:

  • er uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilganda;
  • uy-joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda;
  • er uchastkalari noturar joylar bilan band bo‘lganda.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona er uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.


Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i stavkalari.


► Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari.


Ahamiyat bering!
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan er uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq 3 baravar miqdorda to‘lanadi.


Er solig‘i kalьkulyatori

Jismoniy shaxslar o‘zi qarmog‘ida bo‘lgan er solig‘ini xisoblab chiqishlari va imtiyozlar xaqida ma’lumot olishlari mumkin.

Chat