Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 60201 marta o'qildi

Yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadilar

1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;

7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‘ladi.

Imtiyozlar soliq inspektsiyasiga soliq to‘lovchining alohida statusga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda qo‘llaniladi.


Ahamiyat bering! Imtiyozlar soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.


Yer solig‘i kalkulyatori

Chat