Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20744 marta o'qildi

Moliyaviy sanktsiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.

  • Soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik – har bir kechiktirilgan kun uchun soliq summasining 1 foiz miqdorida, lekin ko‘rsatilgan summaning 10 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
  • Soliqni noto‘g‘ri hisoblab chiqarish yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq summasini to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik – to‘lanmagan soliq summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanktsiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi.


Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega.

  • Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat bo‘yicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va yig‘imlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar qo‘llanilishini to‘xtatib turadi. Soliq to‘lovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi to‘g‘risida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
  • Soliq organining shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 3 kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi virtual qabulxonasi

DSQ Maslahat xizmati telefoni
  • 1198;
  • (0 371) 202-32-82

Chat