Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4685 marta o'qildi

Ko‘p kvartirali uylardagi noturar joylar:
  • uyni qurishda loyihalarda ko‘rsatilgan uyning yoniga keyin qurilgan joylar;
  • uyning quyi qavatidagi turar joydan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazilgan joylar;
  • qayta jihozlangan erto‘la va yarim erto‘la joylar, texnik maqsadlarga mo‘ljallangan joylar bundan mustasno.

Ko‘p kvartirali uylardagi noturar joylarga qo‘yilgan alohida talablar:
  • boshqa uy-joylardan alohida kiriladigan eshik bo‘lishi kerak;
  • tabiiy yoritish va ventilyatsiya, joyning devori, shifti, poli qoplangan, pardozlangan bo‘lishi kerak.

Ko‘p kvartirali uylardagi noturar joylar mulkdorlari (ijaraga oluvchilar)ning majburiyatlari
  • noturar joylar atrofini obodonlashtirish va o‘ziga tegishli joyni o‘z hisobidan saqlash;
  • sanitariya-texnika asbob-uskunalari va boshqa asbob-uskunalarga (suv quvuri, kanalizatsiya, markaziy isitish, issiq suv ta’minoti, gaz asbob-uskunalari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
  • elektr va issiqlik energiyasini, suv, gazni tejab sarflash va elektr, suv, gaz hisoblagichlarni o‘rnatish;
  • yong‘in xavfsizligi, uy-joylar va ulardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya qilish;
  • xavfsiz va sog‘lom hayot muhitini ta’minlash;
  • sanitariya-texnika asbob-uskunasida yoki boshqa asbob-uskunalarda nosozliklar aniqlanganda, darhol shikastlanishlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
  • avariya holatlari paydo bo‘lganda, o‘zi egallab turgan joyga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillarining kirishini ta’minlash;
  • o‘ziga tegishli joyga texnik xizmat ko‘rsatish, ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarni saqlash va ta’mirlash, kommunal xizmatlar bo‘yicha xarajatlarni shartnomada va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda to‘lash.

Ko‘p kvartirali uylardagi noturar joylarda amalga oshirish taqiqlanadigan faoliyat turlari
  • uyni qurishda o‘tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafe, tungi klublar va barlar, diskotekalar);
  • kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlari do‘konlari, shuningdek, portlaydigan moddalar va materiallar bor bo‘lgan mahsulotlarni sotuvchi do‘konlar;
  • tez alangalanadigan moddalarni qo‘llovchi kimyoviy tozalash xonalari;
  • poyabzal tuzatish bo‘yicha 10 tadan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan ustaxonalar;
  • hammomlar, saunalar;
  • ATS, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so‘zlashuv punktlari va telegraf;
  • jamoat hojatxonalari;
  • marosimlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish muassasalari;
  • sanoat korxonalari.

Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda joylashtirishga ruxsat berilgan faoliyat turlari

Ko‘p kvartirali uylardagi noturar joylar mulkdorlariga (ijaraga oluvchi) taqiqlanadigan holatlar

Chat