Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 25436 marta o'qildi

Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Uy-joyning ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi, uning notarius orqali tasdiqlash talab etilmaydi.

  • Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddati 5 yilgacha.

Ijaraga oluvchi va uning oila a’zolarining talabiga binoan shartnoma oila a’zolarining bittasi bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki uy-joydan chiqib ketgan taqdirda, shartnoma uy-joyda yashab turgan oila a’zolarining biri bilan tuziladi.

Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko‘rsatilishi lozim.

Ko‘chmas mulk shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Ijara shartnomasini ro‘yxatga qo‘yish uchun havolaga o‘ting.

Tuzilgan shartnomani soliq organlari hisobiga qo‘ymaslik jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mol-mulkni ijaraga olgan jismoniy shaxslar uchun ijara haqining 2024 yildagi minimal stavkalari.

Chat