Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 32780 marta o'qildi

Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash:
  • chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;
  • chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi;
  • oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik;
  • jismoniy tayyorgarlik, davolash-sog‘lomlashtirish ishlari;
  • umumta’lim tayyorgarligi;
  • vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Tashkiliy masalalar

Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kyengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar.

Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va natijalarini nazorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ularni harbiy ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumta’lim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning turar joylarida o‘tkaziladi.

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprelь — may oylarida amalga oshiriladi.

Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.

Chaqiruv komissiyalari

Fuqarolarning harbiy va muqobil xizmatga chaqiruvini o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda, shaharlarda hamda tumanlarda chaqiruv komissiyalari tuziladi.

Chaqiruv komissiyalarining tuzilishi va faoliyat tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruv komissiyalarining shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kyengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan mudofaa ishlari organlari va sog‘liqni saqlash organlari vakillarining albatta ishtiroki ta’minlangan holda belgilanadi.

Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, uning ma’naviy va kasbiy fazilatlarini, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganish natijalariga muvofiq tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi quyidagi qarorlardan birini chiqaradi

Chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalarida, mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari doirasida, shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari, mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagyerlarida amalga oshiriladi.

Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan davolash-sog‘lomlashtirish ishlari ularning turar joylarida, o‘qish yoki ish joylarida sog‘liqni saqlash organlari tomonidan davolash, davolash-profilaktika va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida o‘smirlar xonalarini tashkil etgan holda uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi.

Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish tuman (shahar) chaqiruv komissiyasining qarori asosida ularning oilaviy sharoitiga ko‘ra, salomatligiga ko‘ra, o‘qishni davom ettirishi uchun amalga oshiriladi.

Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi xizmatga chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga ko‘ra kechiktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi

Qaysi holatlarda fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilinadilar
  • salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
  • yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
  • ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.

Harbiy xizmatga chaqirilish munosabati bilan fuqarolarga beriladigan kafolatlar

Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda ishlab chiqarishdan ajralgan holda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tayotgan chaqiriluvchilarning ish joyi va egallagan lavozimi, shuningdek o‘rtacha ish haqi ularning butun tayyorgarlik davrida, shu jumladan o‘qish (yig‘inlar) o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida saqlanib qoladi.

Chaqiriluvchilarga ularning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida uy-joy ijarasiga ketgan xarajatlari qoplanishi, o‘qish o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish (agar bu boshqa aholi punktiga borish bilan bog‘liq bo‘lsa) yo‘l kirasi hamda o‘rtacha ish haqi to‘lanishi ularning asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (to‘lanadi).

Fuqarolarni harbiy ro‘yxatga kiritish

Harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilganidan keyin turar joyiga yetib borgan shaxslar uch kunlik muddat ichida tegishli mudofaa ishlari organlariga kelishlari shart.

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joyi bir yarim oydan ko‘proq muddatga o‘zgargan, 3 oydan ko‘proq muddatga xizmat safariga, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgan taqdirda turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan keyin 3 kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Urush davrida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy turar joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatda turish uchun harbiy-hisob hujjatlarini mudofaa ishlari organiga topshirishlari lozim. Qishloq joylarga borgan yoki u yerlardan jo‘nab ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy-hisob hujjatlarini tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshirishlari kerak.

Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga xizmatga maxsus unvonlar berilgan holda, xodimlar lavozimlariga kirgan shaxslar rezyervdagilar va zaxiradagilarning harbiy ro‘yxatidan chiqarilishi lozim.

Harbiy ro‘yxatdan quyidagilar chiqarilishi shart

Chat