Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5093 marta o'qildi

«Muruvvat» internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslari uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.

«Muruvvat» internat uylariga quyidagi tashxislar bilan qabul qilinadi:
  • mo‘’tadil darajadagi aqliy zaiflik;
  • og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
  • chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
  • qoldiq shizofreniya;
  • dementsiya.

Qabul qilishga qarshi ko‘rsatkichlar
  • tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
  • bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;
  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
  • yuqumli teri va soch kasalliklari;
  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

Ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik bo‘yicha davlat organi vakili tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni «Muruvvat» internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i nomiga murojaati arizasi asosida hududiy bo‘lim vasiylikka olinuvchilar hujjatlarining to‘liqligini tekshirib, ularni har bir vasiylikka olinuvchi bo‘yicha alohida jildlarga joylashtirgan holda hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy boshqarmalarga yuboradi.

«Muruvvat» internat uylariga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat