Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 290160 marta o'qildi

Avtotransport vositasining oldi-sotdi (hadya qilish, ayirboshlash) shartnomasi notarial tartibda tasdiqlangandan so‘ng ushbu avtotransport vositasi 10 kun ichida egasining doimiy yashash joyidagi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatida (YHXDX) ro‘yxatdan o‘tkazilishi va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi (RO‘DRB) olinishi lozim

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • belgilangan namunadagi ariza;
  • egasining pasporti;
  • avvalgi egasiga berilgan texpasport;
  • egalik huquqi vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, had’ya shartnomasi va h.k.);
  • Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘imlar stavkalari:
  • dilerdan sotib olingan yangi avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda xarid narxining 3% miqdorida yig‘im undiriladi
  • foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda ishlab chiqarilgan yiliga qarab har bir ot kuchi uchun:
    • 3 yilgacha bo‘lsa - BHMning 0.11 foizi;
    • 3-7 yil bo‘lsa BHMning 0.09 foizi;
    • 7 yildan ortiq bo‘lsa BHMning 0.06 foizi.

Davlat raqami belgisini olish uchun:
  • avtotransport vositalari uchun – BHMning 1,5 baravari;
  • mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun – BHMning 0,75 foizi;
  • yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft o‘rniga yangi berish uchun – BHMning 1 baravari;
  • yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona o‘rniga yangi berish uchun – BHMning 0,5 foizi. Batafsil havolada.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i, 31.03.2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2303-5 ko‘ra, 1 apreldan elektromobillar, mototransport vositalari va tirkamalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar stavkasi 15 baravarga — 1,5 BHMgacha oshirildi. Qolgan barcha avtomobillar bo‘yicha stavka 68,4 baravarga oshib, 6,84 BHM tashkil etadi.

 

Chat